Главная » 2022 » Август » 22 » Yaponiyada uchar mashinalar sinovdan o‘tkaziladi
14:14

Yaponiyada uchar mashinalar sinovdan o‘tkaziladi


Yaponiyada shaharning jamoat maydonlarida uchar mashinalarning harakatini tashkil etish bo‘yicha birinchi tajribalar o‘tkaziladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
 

Mitsubishi Estate, Japan Airlines va Kanematsu savdo-investitsiya korporatsiyasi hamkorlikda Tokioda uchar avtomobillar bilan tajriba o‘tkazdi.

Birinchi bosqichda Mitsubishi Estate Tokio markazidagi ofis osmono‘par binolarining tomlari va hududlarida uchar mashinalar o‘rnatish uchun joylarni tanlaydi.

Xarajatlar smetasi tuziladi va dastlabki tajribalar o‘tkaziladi. Boshqariladigan uchar apparatlarning birinchi haqiqiy sinov parvozlari 2024-moliya yilida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Bir qator yapon kompaniyalari 2025-yilda uchar avtomobillardan tijoriy foydalanishni yo‘lga qo‘yish niyatida.

Xususan, ular Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida yo‘lovchilarni tashish uchun ishlatilishi kerak.

Hozirda uchar avtomashinani boshqarish uchun litsenziya olish shartlari, bunday qurilmalarning xavfsizlik mezonlari, foydalanish sohalari va boshqalar belgilanmoqda.

Yaponiya hukumati bu yo‘nalishdagi ishlarni tezlashtirmoqda, chunki Yomiuri gazetasi yozganidek, AQSH, Yevropa Ittifoqi va Xitoy kompaniyalarining uchar avtomobillarini joriy etishda raqobat kuchayib borayotganidan xavotirda.

Yaponiya korporatsiyalari ham ularga sarmoya kiritadi. Xususan, Singapur 2023-yilda Germaniyada ishlab chiqarilgan uchar apparatlarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ushbu loyihada Yaponiyaning Japan Airlines aviakompaniyasi ham ishtirok etmoqda.

AQSHning eng yirik banklaridan biri Morgan Stanley ma’lumotlariga ko‘ra, 2040-yilga borib uchar avtomobillar global bozori 1,5 trillion dollarga yetishi mumkin.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Yaponiyada, Mashinalar, uchar, o‘tkaziladi, sinovdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя