Главная » 2022 » Сентябрь » 3 » Yaponiyada 100 mingga yaqin aholiga tayfun tufayli uylarini tark etish buyurildi
17:27

Yaponiyada 100 mingga yaqin aholiga tayfun tufayli uylarini tark etish buyurildi


Yaponiya hukumati "xinnamnor" tayfuni yaqinlashgani sababli 100 mingga yaqin aholiga evakuatsiya qilishni buyurdi, deyiladi xabarda.

Shunday qilib, Yaponiyaning janubidagi Okinava prefekturasidagi Ishigaki shahrining 49,6 mingga yaqin aholisi va Okinava hududidagi Miyakojima shahrining 55,5 mingga yaqin aholisi shoshilinch evakuatsiya to‘g‘risida xabar olishgan.

“Xinnamnor” o‘z nomini Laos viloyatidan olgan bo‘lib, u 28-avgust kuni tinch okeanida tropik bo‘ron sifatida paydo bo‘lgan. Bo‘ron Okinavaning janubida 3-sentyabr oqshomigacha aylanib, keyin shimolga qarab harakatlanadi. 4-sentyabr kuni erta tongda Sakishima orollariga yaqinlashishi taxmin qilinmoqda. Keyingi haftaning o‘rtalariga kelib, Xinnamnor Sharqiy Xitoy dengizi orqali shimolga qarab, Kyushu viloyati va G‘arbiy Yaponiyaning boshqa qismlariga yaqinlashishi mumkin.

Avvalroq Shizuoka prefekturasida 72 mingdan ortiq odam meari tropik tayfuni yaqinlashgani sababli evakuatsiya qilish to‘g‘risida ko‘rsatma olgan edi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 100, tark, buyurildi, aholiga, etish, Yaponiyada, tayfun, mingga, tufayli, yaqin, uylarini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя