Главная » 2017 » Январь » 10 » Yahoo’ning nomi o‘zgarib, direktorlari “surgun” qilinmoqda
13:00

Yahoo’ning nomi o‘zgarib, direktorlari “surgun” qilinmoqda


Yaqin kunlarda Yahoo kompaniyasining nomi Altaba deb o‘zgartiriladi. Shundan so‘ng, kompaniya aksiyalarining Yahoo nomi bilan atalgan vaqtdagi rahbarlari o‘z lavozimlarini tark etishadi. Bu haqda “USA Today” xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu Yahoo kompaniyasining aksiyalari Verizon Communications Inc. xoldingiga sotib yuborilgach, sodir bo‘ladi. Yaqin 3 oy ichida imzolanishi kerak bo‘lgan ushbu kelishuvning bahosi qariyb 5 milliard AQSh dollari, deb baholanmoqda.

Xabarda keltirilishicha, rahbarlar orasida Yahoo kompaniyasi direktori Marissa Mayer, shuningdek, direktorlar kengashi raisi Meynard Uebb щz lavozimini tark etadi. Tashkilotning yangi rahbari etib Erik Brandt tayinlangan. 

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Yahoo | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя