Главная » 2021 » Июнь » 27 » Xotira bilan bog‘liq muammo bo‘lmasligi uchun tiyilish tavsiya qilinadigan mahsulotlar
22:34

Xotira bilan bog‘liq muammo bo‘lmasligi uchun tiyilish tavsiya qilinadigan mahsulotlar


Amerikalik parhezshunos Marta Kler Morris Rasha universitetining tibbiyot markazi bilan hamkorlikda MIND-parhezini ishlab chiqqan. Unga ko‘ra miya faoliyati hamda kognitiv qobiliyatni susaytiradigan mahsulotlardan tiyilish tavsiya qilinadi.

Qizil go‘sht

Qizil go‘shtda qondagi xolesterin miqdorini oshirib, qon tomirlar salomatligiga xavf soladigan to‘yingan yog‘lar bisyor bo‘ladi. Qolaversa, bunday mahsulotni haddan ortiq iste’mol qilish Alsgeymer kasalligiga kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu tufayli uni haftasiga 4 portsiyadan ko‘p yemaslik kerak.

Fastfud

Miya hujayralariga salbiy ta’sir qilishi, buning oqibatida xotira va diqqat qilish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi mumkinligi sabab nafaqat fastfud, balki boshqa yog‘li taomlardan ham tiyilish kerak.

Pishloq

Pishloq tarkibida ham to‘yingan yog‘lar ko‘p va xo‘p bo‘ladi. Shu sabab ham uni haftada bir martadan ko‘p iste’mol qilmaslik kerak.

Sariyog‘

Ushbu mahsulot tarkibidagi omega-6 yog‘ kislotasini haddan ortiq iste’mol qilish salomatlikka zarar yetkazib, jiddiy kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Qandli diabet, semirish va Alsgeymer kasalligi shular jumlasidan.

Shirinliklar va qandolat mahsulotlari

Bulochka, shokolad va shirin gazlangan ichimliklarda miya faoliyatini susaytirib, asab hujayralariga salbiy ta’sir qiladigan shakar ko‘p miqdorda bo‘ladi. Shirinliksiz yashay olmaydiganlarga shakarsiz variantlar va mevalar iste’mol qilish tavsiya qilinadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: tiyilish, Xotira, mahsulotlar, tavsiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя