Главная » 2022 » Ноябрь » 14 » Xorazmda kelin betob qaynonasini kaltakladi
20:02

Xorazmda kelin betob qaynonasini kaltakladi


Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol boshqa bir ayolni boshiga urgani, jabrlanuvchi ayol esa bu vaziyatda qarshilik ko‘rsatmagani aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat Urganch tumani “Shermatlar” mahallasida sodir bo‘lgan. Fuqaro M.J. o‘zaro kelishmovchilik sababli qaynonasi YO.SH. bilan nizolashib kelgan va  qaynonasini betob bo‘lib yotganidan foydalanib, qo‘li bilan uning bosh qismiga urgan. 

Ushbu holatni jabrlanuvchining turmush o‘rtog‘i telefoni orqali videoga olib, joriy yilning 4 noyabr kuni Urganch tumani IIBga taqdim etgan.

Natijada fuqaro Yo.Sh.ga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. hozirda M.J.ning xatti-harakatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Fuqaro Yo.Sh.ga nisbatan esa kelgusida kelini tomonidan zo‘rlik va tazyiq o‘tkazilishining oldini olish maqsadida “Himoya orderi” rasmiylashtirilgan.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Xorazmda kelin betob qaynonasini ka | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя