Главная » 2022 » Октябрь » 20 » Xorazmda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
19:24

Xorazmda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi


Xorazm viloyati IIB Tezkor qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 17-oktyabr kuni fosh etilgan giyohvandlik vositalarining sotish bilan bogʻliq navbatdagi jinoyat fosh etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Urganch shahrida yashovchi, 1969-yilda tugʻilgan, Q.O. Urganch shahrining “Sanoatchilar” koʻchasida tanishiga alohida qadoqlangan ikki boʻlak “geroin” giyohvandlik vositasini 650.000 soʻmga sotayotgan paytida tezkor xodimlar tomonidan jinoyat ustida qoʻlga olindi. Dastlabki surishtiruv jarayonida u ushbu giyohvandlik vositasini Urganch shahrida yashovchi, tengdoshi, Yu.B. dan sotib olganligi, oʻz navbatida esa Yu.B. ushbu giyohvandlik vositasini Urganch shahrida yashovchi, 1968-yilda tugʻilgan tanishi, J.F.dan sotib olganligi toʻgʻrisida koʻrsatma berganligi sababli, nazorat tartibida oʻtkazilgan tadbirda J.F. bir boʻlak “geroin” giyohvandlik vositasini Yu.B. ga 300 000 soʻmga sotayotganida tezkor xodimlar tomonidan ushlandi. Shundan keyin J.F. ga tegishli “Spark” rusumli avtomashina saloni koʻzdan kechirilganida, u yerda yana bir boʻlak “geroin” giyohvandlik vositasi borligi maʼlum boʻldi.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumondorlar esa ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: giyohvand, qo‘lga, olindi, moddalar, shug‘ullanganlar, bilan, Xorazmda, savdosi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя