Главная » 2022 » Октябрь » 26 » Xonandalarning qo’shiqlaridan ruxsatsiz foydalangan kafe jarimaga tortildi
16:27

Xonandalarning qo’shiqlaridan ruxsatsiz foydalangan kafe jarimaga tortildi


Andijon viloyat adliya boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati Andijon shahridagi umumiy ovqatlanish joyida jamiyat a’zolari hisoblangan Xamdam Sobirov va Jaloliddin Ahmadaliyev ijrosidagi qo‘shiqlardan hech qanday ruxsatsiz hamda tegishli lisenziya shartnomasini tuzmagan holda foydalanayotganligi yuzasidan murojaat qilgan. Murojaatda jamiyat xonandalar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ijrochilarning mualliflik huquqi ob’yektlariga bo‘lgan mutlaq huquqini O‘zbekiston Respublikasi hududida himoya qilishi qayd qilingan.

Murojaatni ko‘rib chiqish davomida haqiqatan ham Andijon shahrida faoliyat yurituvchi “MO‘JIZA SAVDO PLYUS” MCHJ tomonidan Xamdam Sobirov ijrosidagi “20 mart”, “Tentakcham” hamda Jaloliddin Ahmadaliyev ijrosidagi “Janonim”, “Yor bizdan ketdi” nomli qo‘shiqlari hech qanday ruxsatsiz va tegishli shartnoma tuzmagan holda omma e’tiboriga yetkazilib kelinayotganligi aniqlangan.

O‘rganish yuzasidan tadbirkorga yuqorida qayd etilgan qo‘shiqlarni foydalanadigan ijrolar ro‘yxatidan (pleylist) o‘chirishni so‘rab, taqdimnoma kiritilgan. Shuningdek, jamiyat rahbariga mualliflik va turdosh huquq ob’yektlaridan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanish lozimligi tushuntirilgan.

Agarda tadbirkor bir oy davomida taqdimnoma ijrosini ta’minlanmasa qonunchilikda belgilangan tartibda jazoga tortilishi mumkin.

Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga tadbirkordan xonandalar foydasiga tovon puli undirish hamda mualliflik huquqini tiklash haqida da’vo arizasi kiritgan. Sud da’vo arizani qanoatlantirib, javobgardan da’vogarlar Jaloliddin Ahmadaliyev hamda Hamdam Sobirovlarga mualliflik huquqini buzilishi natijasida kelib chiqqan har biriga 30 million so‘mdan zararni undirish belgilangan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: jarimaga, Kafe, qo’shiqlaridan, tortildi, foydalangan, xonandalarning, ruxsatsiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя