Главная » 2022 » Октябрь » 18 » Xabib Nurmagomedov “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritgan Benzema haqida fikr bildirdi
14:24

Xabib Nurmagomedov “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritgan Benzema haqida fikr bildirdi


Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov “Real” hujumchisi Karim Benzemaning “Oltin toʻp” mukofotini olganiga munosabat bildirdi.

“Dunyoning eng yaxshi futbolchisi Karim Benzema”, – deb yozgan Nurmagomedov qoʻlida orzu qilingan sovrinni ushlab turgan fransuzning surati ostiga.
 

Eslatib oʻtamiz, Benzema Zinedin Zidandan keyin ushbu faxriy mukofotni qoʻlga kiritgan birinchi fransuz futbolchisi boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida, Benzema oʻtgan mavsum La Liganing 32 oʻyinida 27 gol urdi va 12 golga assistentlik qildi. Shuningdek, hujumchi Chempionlar ligasining 12 ta oʻyinida 15 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: qoʻlga, haqida, Nurmagomedov, Benzema, Oltin, fikr, Xabib, bildirdi, kiritgan, toʻpni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя