Главная » 2022 » Ноябрь » 2 » Vodiyda kreditni mablag‘larini o‘zlashtirganlar aniqlandi
17:09

Vodiyda kreditni mablag‘larini o‘zlashtirganlar aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati Buloqboshi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Sh.A.” MCHJ rahbari R.A. bank filialidan ajratilgan 500 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i evaziga ta’minotchi korxonadan qabul qilib olgan maishiy texnika jixozlarini sotuvidan tushgan mablag‘larni kredit qarzdorligini so‘ndirishga yo‘naltirmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K-I.” MCHJni norasmiy boshqarib kelgan M.K. va boshqalar, MCHJga tikuv dastgohlarini sotib olish uchun ajratilgan 170 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini boshqa maqsadlarda foydalanib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Vodiyda, o‘zlashtirganlar, aniqlandi, mablag‘larini, kreditni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя