Главная » 2023 » Январь » 17 » UzAuto Motors avtomobillarining narxi pasayadi
20:22

UzAuto Motors avtomobillarining narxi pasayadi


UzAuto Motors 17-yanvardan boshlab avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobillar yetkazib berishni qayta tiklaydi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kompaniya 2023-yildan boshlab QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha pasaygani munosabati bilan xaridorlarga avtomobil narxi pasayishini ma’lum qilgan.

Avtomobil narxining pasayishi bugungi kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan hamda shartnoma shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshirgan amaldagi shartnomalarga nisbatan qo‘llaniladi.

“Hurmatli xaridorlar, shartnomangiz bo‘yicha avtomobil narxining qanchaga pasayganligi haqida ma’lumot olish uchun o‘z dilerlik markazingizga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: pasayadi, narxi, motors, UzAuto, avtomobil | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя