Главная » 2022 » Ноябрь » 1 » Ukraina FIFA'dan Eronni Jahon chempionatidan chetlatishni so‘radi
12:47

Ukraina FIFA'dan Eronni Jahon chempionatidan chetlatishni so‘radi


Ukraina futbol assotsiatsiyasi Eronni Jahon chempionatida ishtirok etishini taqiqlash iltimosi bilan FIFA'ga murojaat qildi. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar bermoqda.

Ukraina tomoni Eron Rossiyaga qurol yetkazib berishini, shuningdek, Eron FIFA nizomi moddalarini buzayotganini daʼvo qilmoqda.

Avvalroq bir guruh eronlik futbolchilar va futbol mutasaddilari FIFA'dan Eron terma jamoasini JCh-2022dan chetlashtirishni talab qilgan edi. 

Shuningdek, Dominikaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi elchisi FIFA prezidenti Janni Infantinodan Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga Eron o‘rniga Italiyani qo‘shishni so‘ragandi. 

Eslatib o‘tamiz, mundial bahslari 20 noyabr kuni boshlanadi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: ukraina, chetlatishni, so‘radi, chempionatidan, Jahon, Eronni, FIFA'dan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя