Главная » 2022 » Август » 11 » Turkiya Qrim tatarlariga uzoq muddatli yashash uchun ruxsatnoma berishni boshladi
16:40

Turkiya Qrim tatarlariga uzoq muddatli yashash uchun ruxsatnoma berishni boshladi


Avgust oyi boshidan Turkiya Ichki ishlar vazirligining Migratsiya xizmati Qrim-tatarlarga “turk millatiga mansub vatandosh” maqomini tan olib, ularga uzoq muddatga yashash uchun ruxsatnoma berishni boshladi. 

Ilgari Ahiska turklari, uyg‘urlar, Bolgariya va Gretsiyadan kelgan etnik turklar bu maqom ostida edi. 

“Anadolu” agentligining Turkiya migratsiya xizmatiga tayanib xabar berishicha, Qrim tatarlari uchun yashash uchun ruxsatnoma ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu nomidan 2022 yil iyunida berilgan. 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Turkiyada faqat sakkiz yil davomida uzluksiz bo‘lgan xorijliklar Turkiyada uzoq muddatli yashash uchun ruxsatnoma olishlari mumkin. Bundan buyon Qrim tatarlaridan bu shartni bajarish talab qilinmaydi. 

Ushbu huquqdan foydalanishni xohlovchilar elektron tartibda ro‘yxatdan o‘tib, zarur hujjatlar bilan hududiy migratsiya boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. 

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, Turkiyada yashayotgan xorijliklarning atigi 5 foizi uzoq muddatga yashash uchun ruxsatnomaga ega. 

Ayni paytda Turkiyada yashovchi turkiy millatga mansub xorijliklarning 75 foizi uzoq muddatli yashash uchun ruxsatnomasini olgan. 

Qayd etilishicha, Turkiya Ukraina va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi urushning salbiy taʼsirini boshidan kechirgan turkiy millatga mansub 4296 nafar vatandoshiga shu kungacha yordam qo‘lini cho‘zgan. Ukrainadan kelgan turkiy millatga mansub 2804 kishi, jumladan, 409 nafar Qrim-tatar va 2395 nafar Ahiska turki Turkiyaning besh viloyatidagi maxsus markazlarga joylashtirilgan. 

2002 yildan buyon 101 995 Ahiska turki va 6 787 uyg‘ur “turkiy ildizli vatandosh” maqomiga ega bo‘lgan shaxslar toifasi uchun “istisno tartib” qoidasiga ko‘ra Turkiya fuqaroligini olgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim g‘arbidagi Novofedorovka yaqinidagi Saki aerodromida sodir bo‘lgan portlashlar natijasida bir kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi, jumladan, ikki bola yaralandi.

Maʼlumot uchun, 2013-2014 yillarda Rossiyaga qo‘shni Ukrainada siyosiy vaziyatning izdan chiqishi kim uchundir qo‘l keldi. Natijada Rossiya Ukrainaning Qrim yarimorolini o‘ziga qo‘shib oldi. G‘arb davlatlari, jumladan Turkiya ham rasmiy Moskva yarimorolni anneksiya qilgan deb baholaydi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Uzoq, muddatli, Turkiya, ruxsatnoma, Qrim, berishni, tatarlariga, boshladi, yashash, uchun | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя