Главная » 2021 » Апрель » 21 » Toshkentdagi Anhor kanalidan erkak jasadi topildi. Bosh prokuratura holat bo‘yicha ma’lumot berdi
18:06

Toshkentdagi Anhor kanalidan erkak jasadi topildi. Bosh prokuratura holat bo‘yicha ma’lumot berdi


Toshkent shahridagi Anhor kanalining Shayxontohur tumanidan o‘tuvchi qismidan noma’lum erkakning jasadi topildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021-yil 20-aprel kuni Shayxontohur tumani IIO FMB navbatchilik qismiga 102 xizmati orqali tushgan xabarga ko‘ra, Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Labzak” mahallasi Zulfiyaxonim ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Anhor kanali bo‘ylab Yunusobod yuqori oqimi tarafidan noma’lum erkak kishi jasadi  topilgan.

Ushbu holat yuzasidan voqea joyi Shayxontohur tumani “Labzak” mahallasi Zulfiyaxonim ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Anhor kanali oldiga borib Shayxontohur tumani prokurori rahbarligidagi tezkor tergov guruhi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan birgalikda murda ko‘zdan kechirilgan va ushbu jarayonda murdada kuch ishlatish holatlari va tan-jarohatlari aniqlanmagan

Holat yuzasidan shaxsi noma’lum jasadni aniqlash borasida olib borilgan tezkor qidiruv surishtiruv ishlari natijasida, 2021-yil 21-aprel kuni Toshkent shahar IIBB EKB “ADI SONDA” bazasidan jasadning olingan barmoq izlari tekshirilganda ushbu shaxsi (noma’lum jasad) Toshkent shahar, Yunusobod tumani, X.Ergashov ko‘chasida yashagan, 1979-yil 26-yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan P.F.ga tegishli ekani aniqlangan.

Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Farg‘onada kundoshining 9 yoshli qizining boshiga urib, kanalga tashlab yuborgan ayol ushlangani, Samarqandda akasini o‘ldirgandan so‘ng jasadini bo‘laklarga bo‘lib, kanalga oqizib yuborgan uka qo‘lga olingani hamda Namanganda Cobalt kanalga tushib ketishi oqibatida haydovchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: topildi, kanalidan, Anhor, Bosh Prokuratura, jasadi, Erkak | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя