Главная » 2022 » Август » 16 » Toshkentda pichoq bilan “uchastkovoy”larni quvlagan mahkumga jinoyat ishi ochildi
15:05

Toshkentda pichoq bilan “uchastkovoy”larni quvlagan mahkumga jinoyat ishi ochildi


Toshkentning Yangihayot tumanida IIB profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qilgan mahkum va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

“Yangihayot tumanida IIB profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qilgan mahkum va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-kismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, degan Shamsutdinov.

Qayd etilishicha, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 13 avgust kuni soat 23:00 da tungi xizmatda bo‘lgan Yangihayot tumani IIB ikki nafar profilaktika inspektorlari tushgan xabarga ko‘ra, xonadonlarning biriga borgan. Xonadonga yetib borganda, probatsiya xizmatida hisobda turuvchi 35 yoshli mahkum mast holda turmush urtog‘i bilan janjallashib, quvib yurganini ko‘rgan xodimlar uni tinchlantirmoqchi bo‘lgan. 

Biroq, mahkum ularga faol qarshilik ko‘rsatgan va bu jarayonga uning turmush o‘rtog‘i hamda onasi aralashib, profilaktika inspektorlari xizmat kiyimlarini yirtishgan. Shu paytda mahkum uyidan oshxona pichog‘ini olib chiqib, ikkala qo‘li bilak sohasini kesib, o‘ziga tan jarohati yetkazgan va profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qilib, quvlagan

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, jinoyat, iSHi, quvlagan, uchastkoviylarni, ochildi, mahkumga, bilan, pichoq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя