Главная » 2021 » Август » 6 » Toshkentda o‘qituvchi ikki do‘sti bilan 15 yashar qizni zo‘rladi
21:55

Toshkentda o‘qituvchi ikki do‘sti bilan 15 yashar qizni zo‘rladi


Toshketda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi ikki do‘sti bilan 15 yoshli o‘quvchisini zo‘rladi. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 27 aprel kuni 15 yoshli 8-sinf o‘quvchisiga nisbatan 30 yoshli jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Anvar X., keyinchalik esa uning ikki nafar tanishi – Mansurjon M. va Boymuhammad G. tomonidan jinsiy tajovuz qilingan.

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha 30 aprel kuni gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, 5 may kuni Anvar X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblov taqdim etilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mansurjon M. va Boymuhammad G. tergovdan yashiringanliklari sababli joriy yilning 20 may kuni jinoyat ishining ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan qismi alohida yuritiladigan bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 1 iyun kuni ushbu shaxslar ham qo‘lga olinib, jinoyat ishiga jalb qilingan. 30 iyun kuni Mansurjon M. va Boymuhammad G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi bo‘yicha ayblov taqdim etildi. Shu kunning o‘zida dastlabki tergov yakunlanib, jinoyat ishi sudga oshirilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, zo‘rladi, Qizni, o‘qituvchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя