Главная » 2022 » Август » 26 » Toshkentda “firibgarlikning antiqa turi paydo bo‘lgani” aytilgan xabarga munosabat bildirildi
11:56

Toshkentda “firibgarlikning antiqa turi paydo bo‘lgani” aytilgan xabarga munosabat bildirildi


Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil eshigi ushlagichiga qulf ilingani va unga xat qistirilgani aks etgan foto va videolar tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahri IIBB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv va o‘rganishlar natijasida shahar IIBB va uning quyi tizimlariga bu kabi holatlar yuzasidan murojaat kelib tushmagani aniqlandi.

Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Agar siz bilan shu kabi holat sodir bo‘lgan bo‘lsa yoki shu kabi holatga duch kelsangiz, shuningdek, ushbu shaxs haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, 71-206-42-54 yoki 102 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni yoki 97-778-99-65 Telegram raqami orqali xabar berishingizni yoxud yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishingizni so‘raymiz, — deyiladi munosabatda.
Ma’lumot uchun, tarqalgan xabarlarda Toshkentda firibgarlikning yangicha, antiqa usuli paydo bo‘lgani, avtomobilga qulf ilib ketilib, shu kartaga pul tashlansa, kod aytilishi, shu orqali pul undirib yurilgani aytilgandi.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: turi, antiqa, munosabat, paydo, Toshkentda, firibgarlikning, xabarga, bo‘lgani, aytilgan, bildirildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя