Главная » 2022 » Июль » 23 » Toshkent viloyatidagi qamoqxonada ikki mahkum joniga qasd qildi
15:43

Toshkent viloyatidagi qamoqxonada ikki mahkum joniga qasd qildi


  Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi qamoqxonada 20 yoshli yigit oʼz joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.

  Аniqlanishicha, 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo oʼtayotgan mahkumlar А.Ya. va T.D. joriy yilning 19 iyun kuni koloniya boshligʼi tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga rioya qilmasdan, oʼzlarining yashash sahniga kirish oʼrniga 2-yashash sahnidagi tanishlari oldiga yashirin ravishda oʼtib, hech kimning ruxsatisiz, qoidalarni buzgan holda oldindan adovati boʼlgan 5-turkumda jazo muddatini oʼtab kelayotgan mahkum А.Yu.ning qadr-qimmatini kamsituvchi soʼzlar bilan shaxsiyatiga tegib, qoʼpol muomalada boʼlgan. Shuning uchun koloniya xodimlari tomonidan А.Ya. va T.D. intizomiy jazoga tortilgan.

  Bundan norozi boʼlgan mahkumlar А.Ya. va T.D. binoning ikkinchi qavatidan koloniyaning taqiqlangan va yashash sahni tomonga qarab oʼzlarini uloqtirgan. Mahkumlar А.Ya. va T.O.ga birinchi tez tibbiy yordam koʼrsatilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qamoqxonada, viloyatidagi, qasd, qildi, ikki mahkum, joniga, toshkent | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя