Главная » 2022 » Май » 10 » Toshkent shahri va viloyatida o‘qishni ko‘chirib berishni va’da qilganlar ushlandi
16:25

Toshkent shahri va viloyatida o‘qishni ko‘chirib berishni va’da qilganlar ushlandi


Toshkent shahrida fuqaroning o‘qishini Qirg‘iziston Respublikasidan Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko‘chirib berish evaziga 8 000 AQSH dollari olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro F.P. boshqa bir fuqaro G.M.dan tanishi S.M.ni Qirg‘izistondan Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishini ko‘chirib berish evaziga 8 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, departamentning Yunusobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Unda fuqaro Sh.S. boshqa bir fuqaro A.ni tanishlari orqali Qirg‘iziston Xalqaro universitetining 3-kursini tugatganligi haqida soxta hujjatlar tayyorlab, O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalaridan biriga 7 000 dollar evaziga ko‘chirtirib berishga kelishgani aniqlangan.

Fuqaro Sh.S. kelishilgan mablag‘dan 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 

Shu kabi, Parkent tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Ye.I. fuqaro B.ning o‘qishini Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasidagi universitetga ko‘chirib berish evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ushlandi, va viloyatida, va’da, o‘qishni, ko‘chirib, toshkent, berishni, shahri, qilganlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя