Главная » 2022 » Август » 2 » Toshkent shahar hokimligi aholiga ogohlantirish bilan chiqdi
19:38

Toshkent shahar hokimligi aholiga ogohlantirish bilan chiqdi


Joriy yilning 2-5 avgust kunlari Toshkentda kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Sizdan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishingizni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalaringizni qo‘ymasligingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yog‘ingarchiliklar bilan bog‘liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan  (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog‘lanishingiz mumkin.

“Shuningdek, murojaatingizni Xalq Nazorati portali va ilovasi orqali yuborish imkoniyati mavjud”, deyiladi xabarda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: aholiga, toshkent, hokimligi, ogohlantirish, bilan, chiqdi, Shahar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя