Главная » 2022 » Октябрь » 28 » Toni Kroos: “Real Madrid”da Valverde kamida yana 10 yil davomida Jahon darajasidagi futbolchi bo‘ladi”
14:49

Toni Kroos: “Real Madrid”da Valverde kamida yana 10 yil davomida Jahon darajasidagi futbolchi bo‘ladi”


“Real” yarim himoyachisi urugvaylik jamoadoshi haqida fikr bildirdi.

“Menga uning o‘yini doim yoqqan. Uning o‘ziga xos futbolchiga aylanishi aniq edi. Avvaliga unga barqarorlik yetishmadi, lekin u doimo rivojlanishga intildi va murabbiylar ishonchini qozondi.

U ajoyib formada va bunday yuqori saviyada o‘ynagan jamoada shunday o‘ynashga arziydi. Biroq, men uni qanday formada bo‘lishidan qat'i nazar, ajoyib futbolchi deb bilaman. U to‘p bilan juda tez ishlaydi, yaxshi pas beradi, maydonda qiziqarli o‘ylaydi. Uning zarbalari doim xavfli bo‘lgan, endi u ham gol uradi.

O‘ylaymanki, u kamida o‘n yil davomida “Real”da jahon darajasidagi futbolchi bo‘ladi. Agar shunday o‘ynashda davom etsa shiftga ega bo‘lmaydi. U mukammal futbolchi. Men uning ashaddiy muxlisiman”, – dedi Kroos Einfach mal Luppen podkastida.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Jahon, bo‘ladi, Toni, darajasidagi, davomida, kamida, 10, real, futbolchi, Kroos, Valverde, yil, Madridda, yana | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя