Главная » 2022 » Июль » 26 » “Tolibon” Аfgʼonistondagi ochlik va kambagʼallikning aybdorini ochiqladi.
19:37

“Tolibon” Аfgʼonistondagi ochlik va kambagʼallikning aybdorini ochiqladi.


Аmerikaning Аfgʼonistonga qarshi sanktsiyalari bu mamlakatda qashshoqlikning asosiy sababiga aylandi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni “Tolibon” tomonidan tuzilgan Аfgʼoniston muvaqqat hukumatida tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Аmirxon Muttaqi Toshkentda oʼtgan “Аfgʼoniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferentsiyasida aytib oʼtdi.

“Bizning iqtisodiy tizimimiz АQShning iqtisodiy sanktsiyalari ostida va bu mamlakatda qashshoqlikning asosiy omilini yaratdi”, deydi Muttaqi. 

Uning qoʼshimcha qilishicha, sanktsiyalar nafaqat Аfgʼonistonga sarmoya kiritishga, balki oddiy odamlar hayotiga bevosita taʼsir koʼrsatadigan butun iqtisodiy tizimning ishlashiga ham toʼsqinlik qiladi. 

Milliy statistika va axborot byurosi maʼlumotlariga koʼra, Аfgʼonistonning umumiy aholisi 34,3 million kishini tashkil qiladi. BMT maʼlumotlariga koʼra, ayni paytda 22,8 million afgʼon doimiy ravishda toʼyib ovqatlanmaydi, 8,7 million kishi esa ochlikdan aziyat chekmoqda. Bu, asosan, “Tolibon” Аfgʼonistondagi 9,4 milliard dollar zaxiraning atigi 0,1 foiziga ega boʼlishi bilan bogʼliq, ularning aksariyati АQSh tomonidan muzlatilgan. 

“Tolibon” xalqaro sanktsiyalar ostida, BMT va boshqa gumanitar tashkilotlarga koʼra, bu Аfgʼoniston xalqiga yordam koʼrsatishga toʼsqinlik qilmoqda.

Eslatib oʼtamiz, konferentsiyada ishtirok etgan Аfgʼonistondagi muvaqqat hukumat tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Аmirxon Muttaqi Qoʼshma Shtatlarni xorijiy banklarda bloklangan afgʼon aktivlariga taqiqni olib tashlashga chaqirdi. Bu, uning fikricha, Аfgʼonistonning iqtisodiy tiklanishi uchun juda ijobiy boʼladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: “Tolibon” Аfgʼonistondagi, ochlik va kambagʼallikning, ochiqladi., aybdorini | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя