Главная » 2020 » Октябрь » 27 » To‘qqiz oyda O‘zbekiston xorijdan qancha elektromobil sotib olgani ma’lum bo‘ldi
10:59

To‘qqiz oyda O‘zbekiston xorijdan qancha elektromobil sotib olgani ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston sentyabr oyida xorijdan 9 ta elektromobil sotib olgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotida e’lon qilindi. 

2020-yilning 9 oyida O‘zbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 59 taga ko‘p.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil Xitoydan – 52 ta, Koreya Respublikasidan – 12 ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 17 ta elektromobil import qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,1 million AQSh dollari sarflangan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: elektromobil, Xorijdan, O‘zbekiston, sotib olgani, ma’lum bo‘ldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя