Главная » 2017 » Август » 21 » Telegraph: Britaniya avtosanoati tarixidagi eng qimmat avtomobil 22,5 million dollarga sotildi
16:59

Telegraph: Britaniya avtosanoati tarixidagi eng qimmat avtomobil 22,5 million dollarga sotildi


1956-yilda ishlab chiqarilgan Aston Martin DBR1 poyga mashinasi AQShdagi kimoshdi savdoda 22,5 million dollarga sotilib, Britaniya tarixida ishlab chiqarilgan eng qimmat avtomobilga aylandi. Britaniya avtomobillariga tegishli bundan oldingi rekord 21,7 million dollarni tashkil etgan. Bu haqda The Sunday Telegraph nashriga tayanib, “TASS” xabar berdi. Ushbu tarixiy bitim Kaliforniya shtatining Monterey shahridagi Sotheby’s kimoshdi uyida, har yili bo‘lib o‘tadigan avtomobil haftaligida amalga oshirilgan.

Rekord miqdorda sotilgan ushbu sport avtomobilini britaniyalik mashhur avtopoygachi Stirling Moss boshqargan. Ushbu avtomobil 1959-yilda Germaniyaning Nyurburgring trassasida bo‘lib o‘tgan poygada birinchi bo‘lib marraga yetib kelgan. 1962-yilda kimoshdi savdosi orqali sotib yuborilgan Aston Martin shundan so‘ng poygalarda ishtirok etmagan va ko‘chada haydashga mo‘ljallangan transport vositasiga aylantirilgan.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: 5 million, 22, dollarga sotildi, qimmat avtomobil, tarixidagi eng, Telegraph: Britaniya avtosanoati | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя