Главная » 2017 » Март » 13 » Telegram qo‘ng‘iroqlar funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi
14:24

Telegram qo‘ng‘iroqlar funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi


Telegram messenjeri audioqo‘ng‘iroqlar funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda Telegram info kanali (@tginfo)da xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, qo‘ng‘iroqlar end-to-end shifr bilan himoyalangan. “Sizga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin bo‘lgan kontaktlar ro‘yxatini cheklash yoki butunlay taqiqlash mumkin”, — deyiladi xabarda.

Funksiyani messenjerning beta-versiyasini o‘rnatgan istagan kishi sinab ko‘rishi mumkin. Kanal, shuningdek, qo‘ng‘iroqni amalga oshirishga qaror qilganlar uchun yo‘riqnomani e’lon qildi. Unda aytilishicha, buni hozircha faqat maxsus serverda amalga oshirish mumkin, buning uchun qayta ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Telegram | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя