Главная » 2022 » Ноябрь » 28 » Taniqli yozuvchi Stiven King Ilon Maskni tanqid qildi. Mask esa bunga javoban uni suhbatga taklif etdi
10:43

Taniqli yozuvchi Stiven King Ilon Maskni tanqid qildi. Mask esa bunga javoban uni suhbatga taklif etdi


Milliarder Ilon Mask taniqli yozuvchi Stiven Kingni Twitter kompaniyasining bosh ofisiga suhbatga taklif qildi. Bunga qadar yozuvchi tadbirkorni uning ijtimoiy tarmoqni boshqarishdagi xatti-harakatlari uchun bir necha marta tanqid qilgandi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri Ilon Maskka Stiven Kingni suhbatga chaqirish taklifini bergan. Milliarder esa bunga javoban “U taklif etildi” deb yozib qoldirgan.

King Twitter haqida bir necha bor soʻz yuritib, Maskning boshqaruvini tanqid qilgan, “Tesla” rahbari oʻz kompaniyasi yordamida amerikaliklarning avtomobillar haqidagi tasavvurlarini oʻzgartirib yuborgan boʻlsa-da, uning boshqaruvchilik qobiliyati Twitter platformasiga “mos kelmasligi”ni aytib oʻtgandi.

Mask ijtimoiy tarmoq faoliyati masalasida yozuvchining takliflarini tinglashga tayyor ekanligini qoʻshimcha qilgan.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: mask, Uni, ilon, suhbatga, qildi, king, javoban, ESA, taklif, Taniqli, tanqid, yozuvchi, Stiven, bunga, etdi, Maskni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя