20:04 Sirdaryoda 5,5 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan fermer xo‘jaligi aniqlandi | |
Xovos tumanida sug‘oriladigan yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan fermer xo‘jaligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurshish Departamentining matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Ushbu jarayon davomida, “Z.A.” fermer xo‘jaligi rahabari N.M. xo‘jalikka baliqchilik ko‘li qurish uchun Xovos tumani hududidan ajratilgan yer maydoniga ortiqcha 5,5 gektar yer maydonini egallab olib, shundan 3,01 gektari sug‘oriladigan yer maydonida o‘zboshimchalik bilan baliqchilik ko‘li tashkil qilganligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,3 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|