Главная » 2022 » Ноябрь » 10 » Shumaxerning Ferrarisi sotildi
17:14

Shumaxerning Ferrarisi sotildi


Mixael Shumaxer Formula 1da oltinchi jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Ferrari F2003-GA avtomobili Sotheby's’da sotildi.

Savdo summasi bunday avtomobillar uchun rekord hisoblanadi - 14,6 million shveytsariya franki yoki 14,8 million dollar.

2003-yilda Shumaxer “Maklaren”dan Kimi Raykkonen va “Uilyams”dan Xuan Pablo Montoya bilan kechgan og‘ir jangdan so‘ng chempionlikni qo‘lga kiritdi: nemis sportchi mavsumda oltita g‘alabaga erishdi va asosiy raqibdan ikki ochko ko‘p jamg‘argan.

Kimoshdi savdosiga qo'yilgan shassi 9 marta poygalarda, shu jumladan hal qiluvchi Yaponiya Gran-prisida ham foydalanilgan, natijada Maykl chempionlik unvonini qo'lga kiritdi va Xuan Manuel Fanjioning chempionlik unvonlari soni bo'yicha rekordini ortda qoldirdi.

F2003-GA 9,3 million dollarga sotilishi kerak edi, ammo lot uchun 40 daqiqalik taklifdan so'ng bu miqdor sezilarli darajada oshdi.

F-1 avtomobili sotuvi bo‘yicha avvalgi rekord 5 yil avval, Ferrari F2001 loti Sotheby’s’da 7,5 million dollarga tushganida o‘rnatilgan edi.

Dunyodagi eng qimmat avtomobil 1955-yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz 300 SLR Uhlenhaut Coupe bo‘lib qolmoqda, u atigi ikki nusxada ishlab chiqarilgan – joriy yilning may oyida u 142 million dollarga sotilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: Shumaxerning, sotildi, Ferrarisi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя