Главная » 2022 » Ноябрь » 1 » Shomurodov “Transfermarkt” tuzgan ramziy jamoadan joy oldi
12:48

Shomurodov “Transfermarkt” tuzgan ramziy jamoadan joy oldi


Mashhur "Transfermarkt" portali Italiya A Seriyasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan sobiq Ittifoq mamlakatlari futbolchilaridan tuzilgan ikki xil variantdagi ramziy terma jamoani eʼlon qildi. Ramziy terma jamoalarning biridan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va "Roma" aʼzosi Eldor Shomurodov ham o‘rin olgan. 

Italiya chempionatining 12-turida "bo‘rilar" safarda "Verona" bilan kuch sinashib, 1:3 hisobida g‘alaba qozondi. Eldor Shomurodov bahsning 83-daqiqasida maydonga tushirildi.

Avvalroq, Mourino Shomurodovga juda kam o‘yin amaliyoti taqdim qilayotgani uchun Eldor qishda rimliklar safini tark etishi haqida xabar berilgandi.

Maʼlumot uchun, Eldor Shomurodov hozirgacha A Seriyada 64 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Shomurodov, oldi, Transfermarkt, tuzgan, ramziy, jamoadan, Joy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя