Главная » 2023 » Январь » 25 » Shomurodov Italiyada qolmoqchi
20:06

Shomurodov Italiyada qolmoqchi


Avval xabar berganimizdek, Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirmoqchi. Futbolchiga Fransiya va Germaniya klublari qiziqish bildirdi, ammo Eldor Italiyada qolishni istamoqda. Bu haqda italiyalik futbol jurnalisti Nikola Skira o‘z sahifasida xabar berdi. 

“Eldor Shomurodov chetdan tushgan 3 taklifga rad javobini berdi, u A Seriyada qolishni istaydi va “Roma”ni tark etishga tayyor, “Spetsiya”, “Torino” va “Kremoneze” futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun kurashmoqda”, deydi Skira.

Ma’lumot uchun, “Transfermarkt” portali O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorining qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 24 yanvar kuni Shomurodovga Germaniyaning “Bayer” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Italiya, Shomurodov, qolmoqchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя