Главная » 2022 » Октябрь » 17 » Shimoliy Koreyaning xakerlar guruhi yapon kripto firmalariga hujum qildi
13:48

Shimoliy Koreyaning xakerlar guruhi yapon kripto firmalariga hujum qildi


Shimoliy Koreya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Lazarus” xakerlar guruhi yapon kriptovalyuta birja kompaniyalari tizimlarini buzib kirishdi.

Bu haqda Yaponiya Milliy politsiya agentligi xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular kriptovalyuta birjasi xodimlariga kompyuterlarini zararlash uchun fishing elektron pochta xabarlarini yuborishgan.

Bu esa xakerlarga ba’zi kompaniyalarning tizimlarini buzib kirishiga va kriptovalyutalarini o‘g‘irlashga imkon yaratgan.

Hozircha qancha mablag‘ o‘g‘irlangani ochiqlanmagan, biroq tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: shimoliy, kripto, HUJUM, guruhi, Koreyaning, qildi, firmalariga, Yapon, Xakerlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя