Главная » 2021 » Июнь » 29 » Saudiya shahzodasi xoinlikda ayblanib, o‘limga mahkum etildi
16:24

Saudiya shahzodasi xoinlikda ayblanib, o‘limga mahkum etildi


Saudiya Arabistonida qirol Salmonning jiyani shahzoda Fahd bin Turkiy bin Abd al-Aziz xoinlikda ayblanib, o‘limga mahkum etildi. Bu haqda shahzodaning qarindoshlaridan biri ismi sir qolishi sharti bilan, AQSh Fors ko‘rfazini o‘rganish institutiga (Gulf Institute) ma’lum qildi.

Qirollik ma’murlari ilgari Yamandagi urushda Saudiya Arabistoni kuchlariga qo‘mondonlik qilgan shahzodani hukumatga qarshi to‘ntarish tashkillashtirishda ishtirok etgan deb hisoblamoqda.

Ta’kidlanishicha, shahzodaning maqsadi Qirol Salmonni va uning o‘g‘li — mudofaa vaziri va mamlakatning amaldagi hukmdori Muhammad bin Salmonni lavozimidan chetlashtirish bo‘lgan. Shahzoda qirollik harbiy sudi tomonidan aybdor deb topildi.

Institut bilan suhbatlashgan mutaxassislarning ma’lum qilishicha, hibsga olishga go‘yoki Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon aloqador. Shu tarzda u hibsga olingan shaxsning oilasini davlat xazinasini to‘ldirishga majburlamoqchi: mamlakatda iqtisodiy ahvol yomonlashayotgani taxmin qilinmoqda.

Fahd bin Turkiy 2020-yil sentabr oyida o‘g‘li Abdul Aziz bilan birga korrupsiyada ayblanib hibsga olingandi. Abdul Aziz o‘shanda Al-Juf viloyati gubernatorining o‘rinbosari bo‘lib ishlardi.

Podshoh Abdullaning vafotidan so‘ng Fahd bin Turkiyning deyarli barcha o‘g‘il-qizlari hibsga olingan yoki korrupsiyaga qarshi kurashda boyliklari musodara qilingan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Saudiya, shahzodasi, ayblanib, xoinlikda, mahkum, o‘limga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя