Главная » 2022 » Ноябрь » 24 » Saudiya Arabistonida toshbaqa shaklidagi “suzuvchi shahar” quriladi
12:23

Saudiya Arabistonida toshbaqa shaklidagi “suzuvchi shahar” quriladi


Saudiya Arabistoni 2033 yilda ulkan toshbaqa shaklidagi “suzuvchi shahar”ni barpo etadi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Ulkan kema funksiyasini bajaruvchi shahar 335 million yil oldin mavjud bo‘lgan Pangeya qitʼasi sharafiga shunday nomlanadi. Umumiy qiymati 8 milliard dollarga teng loyiha “Lazzari” qurilish-loyihalash tashkiloti tomonidan taqdim etildi.

Loyihaga ko‘ra, shahar markazida bosh maydon, uning atrofida esa jamoat hamda turar-joy binolari joylashtiriladi. Shuningdek, kemada mehmonxonalar, savdo markazlari, istirohat bog‘lari va hattoki kichikroq kemalar uchun port va samolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalari ham joylashtiriladi.

Bir vaqtning o‘zida 60 ming kishini o‘ziga sig‘dira oladigan shahar uzunligi 660 metrni, kengligi esa 550 metrni tashkil qiladi. Kemadagi xonadonlar soni esa 30 000 ta.  Shaharni tabiiy energiya bilan taʼminlash maqsadida toshbaqa qanotlaridan foydalaniladi. Yaʼni uning qanotlari kemaga qarshi harakatlanadi va to‘lqinlardan quvvat oladi. Bundan tashqari, binolarning tom qismida quyoshdan quvvat oluvchi panellar joylashtiriladi.

Albatta, bunday katta shaharni qurish uchun muhandislarga alohida joy kerak. Muhandislar qurilish uchun ideal joy sifatida Saudiya Arabistonining Jidda shaharidan 130 km shimolda joylashgan “Qirol Abdulla” portini tanladi. Qurilish jarayoni boshlanishidan oldin dengizning taxminan bir kilometr kvadrat maydondagi hududi qazib olinadi va aylana shaklida to‘g‘on quriladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Toshbaqa, Shahar, shaklidagi, quriladi, Saudiya, Arabistonida, suzuvchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2022 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя