Главная » 2020 » Май » 3 » Sardoba hodisasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
12:48

Sardoba hodisasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Sardoba suv ombori dambasi o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda bugun, 3 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi xabar qildi

“Joriy yil 01 may kuni Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan JKning 207-moddasi 1-qismi va 258-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi“, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini olib borish DXX organlariga yuklatilgan.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 1 may kuni Sardoba suv omborida favqulodda holat yuzaga keldi. Hozirda ushbu fojia oqibatlarini bartaraf etish jarayoni ketmoqda


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: jinoiy ish, hodisasi, Sardoba, qo‘zg‘atildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя