Главная » 2022 » Июль » 25 » Samarqandda katta miqdorda kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini sotgan xorij fuqarolari qo‘lga olindi
20:04

Samarqandda katta miqdorda kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini sotgan xorij fuqarolari qo‘lga olindi


Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi, IIB JQB hamda departamentning viloyat boshqarmasi hamkorligida “Jo‘ysoy” mahallasida tezkor tadbir o'tkizildi.

Tadbir davomida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Hamid Olimjon” mahallasida yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan D.N., Samarqand shahrida vaqtinchalik istiqomat qilayotgan Moldova fuqarosi, P.I.ga “MIDEX” (tropikamid) nomli kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Samarqand shahar “Namozgoh” MFYda joylashgan dorixonada voyaga yetmagan shaxs, ariza muallifi D.P.ga 28 dona Gallara nomli va 5 (besh) yelim ampuladagi MIDEX (tropikamid) nomli kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ushbu dorixona ko‘zdan kechirish davomida, MCHJ rahbari, 1998-yilda tug‘ilgan, Nurobod tumani Olg‘a qishlog‘ida yashovchi S.A. ga tegishli bo‘lgan 6698 dona “Gallara” nomli dori vositalari, 87 dona “MIDEX” (tropikamid) nomli va 150 MYDRIMAX (tropikamid) nomli dori vositalari kelgusida sotish maqsadida saqlanib kelinayotgani aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olindi.

Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ta’sir, fuqarolari, miqdorda, Samarqandda, etuvchi, sotgan, xorij, vositalarini, kuchli, olindi, dori, katta, qo‘lga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя