Главная » 2022 » Октябрь » 31 » Samarqandda avtohalokat natijasida yuk mashinasida yong‘in kelib chiqdi
18:32

Samarqandda avtohalokat natijasida yuk mashinasida yong‘in kelib chiqdi


Samarqandda avtohalokat natijasida yuk mashinasida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bugun, 31-oktabr kuni M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining Samarqand viloyati hududida harakatlanib ketayotgan “DAF” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, “LADA” rusumli avtomashinaga borib urilgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. YTH natijasida yuk avtomashinasida yong‘in kelib chiqqan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:32 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 15:50 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida yuk avtomobilining salon, qisman yukxonasi va unga ortilgan mahsulotlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Yuk, yong‘in, avtohalokat, Samarqandda, natijasida, mashinasida, kelib, chiqdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя