Главная » 2022 » Ноябрь » 2 » Samarqand aeroporti yana yopiladi
12:57

Samarqand aeroporti yana yopiladi


Texnik sabablarga ko‘ra, 8 noyabr soat 00.01 dan 12 noyabr 00.01 ga qadar Samarqand xalqaro aeroporti yopiladi.

Bu haqda, AviaAlertsUZ telegram kanalida maʼlum qilindi.

Bunga, 11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tishi sabab qilib ko‘rsatilgan. 

Tashkilotga aʼzo mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvi arafasida iqtisodiyot va tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston aʼzo. Shuningdek, Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand xalqaro eroporti  bundan avvalroq ham 14-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan tijorat yo‘lovchi va yuk qatnovlari uchun yopilgan edi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yopiladi, aeroporti, yana, Samarqand | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя