Главная » 2022 » Октябрь » 24 » Roy Kin: “Ronaldu toʻyib ketdi”
12:12

Roy Kin: “Ronaldu toʻyib ketdi”


“Manchester Yunayted”ning sobiq sardori Roy Kin hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

“Ten Xag Ronaldu oʻyinni davom ettirishni istamaganidan hafsalasi pir boʻldi, lekin u toʻyib ketdi, aqlini yoʻqotdi.

Ronaldu har hafta zaxira oʻrindigʻida oʻtirsa va bu haqda oʻylamay, faqat kulib yotsa, men koʻproq tashvishlanardim.

Menimcha, yigit xavotirda. U klubni yaxshi koʻradi, u oʻynashi kerak, oʻynashni xohlaydi.

Albatta, Krishtianu endi oʻn yil oldingi futbolchi emas, lekin u hali ham formasini yoʻqotmagan, oʻtgan mavsumda ularning eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

U “Manchester Yunayted”ga oʻtdi, oʻshanda klub yomon oʻynagan boʻlsa ham, lekin baribir ularning eng yaxshi toʻpurari boʻlib qoldi”, – deydi Kin.

Ronaldu avvalroq “Tottenxem”ga (2:0) qarshi oʻyin tugashidan oldin stadionni tark etgani uchun “Chelsi”ga qarshi oʻyinda asosiy tarkib bilan mashgʻulotlardan chetlashtirilgan va oʻyin uchun qaydnomaga kiritilmagan edi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: KETDI, Kin, Roy, Ronaldu, toʻyib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя