Главная » 2017 » Июнь » 8 » Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 50 foizga ortdi
10:12

Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 50 foizga ortdi


2017 yilning dastlabki choragida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50,79 foizga ortdi. Bu haqda Rossiya Markaziy banki xabar berdi.

Yanvar - mart oylari davomida Rossiyadan O‘zbekistonga 570 mln dollar — o‘tgan yilga qaraganda 192 mln dollarga ko‘p pul mablag‘lari yuborildi.

2016 yilning birinchi choragida pul o‘tkazmalari hajmi 378 mln dollar, 2015 yilda — 466 mln dollarni tashkil etganini hisobga olganda, bu so‘nggi yillardagi yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Shu vaqt mobaynida O‘zbekistondan Rossiyaga yuborilgan pul o‘tkazmalari miqdori o‘tgan yilning birinchi choragidagi 82 mln dollardan 2017 yilda 68 mln dollarga pasaydi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 50, hajmi, pul o‘tkazmalari, O‘zbekiston, foizga ortdi, Rossiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя