Главная » 2017 » Май » 2 » Rossiyada Imo messenjeri taqiqlandi
21:54

Rossiyada Imo messenjeri taqiqlandi


Rossiyaning axborot sohasidagi nazorat organi — “Roskomnadzor” taqiqlangan saytlar reyestriga BlackBerry, Imo va LINE messenjerlarini kiritdi. Ular mamlakat hududida axborot tarqatuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishdan bosh tortdi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.

Shuningdek, ro‘yxatga VChat audiovizual chati kiritildi.

Messenjerlar bloklanganini tashkilot vakili Vadim Ampelonskiy tasdiqladi.

Shu bilan birga, yana qaysi messenjerlarga tegishli so‘rov jo‘natilgani hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

“Konkret servislarga nisbatan choralar qabul qilinishi asnosida barchasini bilib borasiz”, — ta’kidladi Ampelonskiy.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Imo messenjer, taqiqlandi, Rossiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя