12:25 Rossiya va Qozog‘istonda dunyodagi eng qimmat dorini qabul qilgan bolalar vafot etdi | |
![]() “Rossiya va Qozog‘istonda umurtqa mushak atrofiyasi kasalligiga chalingan ikki nafar bola “Zolgensma” preparati bilan davolanayotganida vafot etgan”, deyiladi xabarda. “Novartis” maʼlumotlariga ko‘ra, bolalar o‘limiga o‘tkir jigar yetishmovchiligi sabab bo‘lgan. O‘lim holatlari “Zolgensma” qo‘llanganidan keyin 5-6 hafta o‘tgach va kortikosteroidlar (yallig‘lanishni kamaytirish uchun beriladigan gormonlar - tahr.) dozasi asta-sekin kamaytirilgandan 1-10 kun o‘tib, qayd etilgan. Farmatsevtika kompaniyasi bayonotida marhumlarning ismlari, yoshi va boshqa shaxsiy maʼlumotlari keltirilmagan. Biroq TASS nashrining Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh mustaqil bolalar nevrologiga tayanib, xabar berishicha, qozog‘istonlik bola 2021 yilda tug‘ilgan qizcha bo‘lgan. Preparat qizga joriy yilning mart oyida dozalash rejimi va vazniga mos ravishda berilgan. Maʼlumot uchun, “Zolgensma” dorisining bir dozasi 2 million dollardan oshadi. Mazkur preparat dunyodagi eng qimmat dori sifatida “Ginnes rekordlar” kitobiga kiritilgan. U umurtqa mushak atrofiyasi bilan og‘rigan bolalarni davolashda ishlatiladigan uchta doridan biri bo‘lib, ular “Mehribonlik doirasi” jamg‘armasi tomonidan bemorlar uchun sotib olinadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|