Главная » 2016 » Ноябрь » 17 » Rossiya Suriyadagi terrorchilarga jiddiy zarba berdi
20:56

Rossiya Suriyadagi terrorchilarga jiddiy zarba berdi


Rossiya qo‘shini “Jabhat an-Nusra” terrorchi guruhiga jiddiy zarba berganini Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi tasdiqlamoqda. Bu haqda “Expert.ru” sayti xabar berdi.
 
General-mayor Igor Konashenkoning aytishicha, aviatashuvchi kreyser “Admiral Kuznesov” palobasidan turib, Suriyaning Idlib provisiyasidagi terrorchilarga aniq zarba yo‘llangan. Natijada “Jabhat an-Nusra” terrorchi guruhining 30 dan ortiq jangarilari yo‘q qilindi.
 
Razvedka ma’lumotlarining tasdiqlashicha, yo‘q qilingan jangarilar orasida terrorchi guruhlarning taniqli boshliqlari Abu Jobir Hormuj, Muhammad Hilol, Abul Baho Al-Asforibo‘lgan.
 
Mudofaa vazirligining aytishicha, Abul Baho Al-Asfori “Jabhat an-Nusra” terrorchi guruhining Aleppo va Hama shaharlarida omon qolgan jangarilarni birlashtirishga javobgar shaxs bo‘lgan.

Muxtorbek Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Suriyadagi terrorchilar, jiddiy zarba berdi, Rossiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя