15:09 Ronaldu: “Xohlagan paytim gapiraman. Boshqalar nima deb oʻylashlari haqida qaygʻurishim shartmas” | |
“Manchester Yunayted” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi ingliz klubi futbolchining shov-shuvli intervyusidan norozi ekani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. “Manchester Yunayted” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ingliz klubi britaniyalik jurnalist Pirs Morgan bilan suhbatidan norozi ekani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. “Toʻgʻri vaqt — bu toʻgʻri vaqt. Har doim. Toʻgʻri vaqtni qanday tanlashimiz mumkinligini aytish siz uchun oson. Gohida rost yozasiz, goh yolgʻon. Boshqalar nima deb oʻylashlari haqida qaygʻurishim shart emas. Xohlaganimda gapiraman”, – dedi Ronaldu Portugaliya terma jamoasi matbuot anjumanida. Eslatib oʻtamiz, Ronaldu yaqinda bergan intervyusida oʻz klubi va “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xagni tanqid qilgan edi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|