Главная » 2022 » Октябрь » 21 » Ronaldu qilmishi uchun keskin jazoga tortildi
11:23

Ronaldu qilmishi uchun keskin jazoga tortildi


“Manchester Yunayted” klubi Krishtianu Ronalduning “Chelsi”ga qarshi oʻyinda qaydnomaga kiritilmasligini eʼlon qildi.

“Krishtianu Ronaldu shanba kuni oʻtkaziladigan “Chelsi”ga qarshi uchrashuvda qaydnomaga kiritilmaydi.

Qolgan tarkib oʻyinga bor eʼtiborini qaratgan va toʻliq tayyorlanmoqda”, – deyiladi klubi bayonotida.

Bunday qarorga kelinishiga katta ehtimol bilan “Tottenhem”ga qarshi uchrashuvda Ronalduning oʻyin tugamasidan maydonni tark etgani boʻlgan.
 

Xabar qilinishicha, Ronalduning oʻzi “Tottenxhm”ga qarshi oʻyinning oxirlarida zaxiradan maydonga tushishni istamagan.

“Shporlar”ga qarshi oʻyindan keyingi matbuot anjumanida Erik ten Xag Ronaldu masalasini ertasi kuni hal qilishini aytgandi.

Shuningdek, The Athletic nashrining xabar berishicha, portugaliyalik yulduz, jamoaning umumiy guruhdagi mashgʻulotlaridan chetlatilgan. Endi Ronaldu yakka holda mashgʻulotlar oʻtaydi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: jazoga, Ronaldu, tortildi, qilmishi, Keskin, uchun | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя