Главная » 2022 » Ноябрь » 14 » Ronaldu: “Oʻzimni xiyonatkordek his qilyapman. Meni barcha notoʻgʻri ishlarda aybdor qilib qoʻyishdi”
10:42

Ronaldu: “Oʻzimni xiyonatkordek his qilyapman. Meni barcha notoʻgʻri ishlarda aybdor qilib qoʻyishdi”


Portugaliyalik yulduz OAVga ochiq intervyu berdi va unda nega MYUga oʻtgani, jamoa rivojlanmagani, murabbiylar va oʻzini xiyonatkordek his qilayotgani haqida gapirdi.

“Manchester Yunayted”ning 37 yoshli portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub katta oʻzgarishlarga muhtojligi haqida ochiqchasiga bayonot berdi va shu munosabat bilan rahbariyat u bilan xayrlashishga qaror qilishini tan oldi.

“Pikasso aytganidek, nimanidir qayta tiklash uchun biror narsani yoʻq qilish kerak (rassomning aniq iqtibosi “Har bir ijod harakati dastlab halokatdir” – taxminiy tahriri.) va agar “Manchester Yunayted”dagi rivojlanish mening ketishim bilan boshlansa. Bu men uchun muammo emas.

Men bu klubni va uning muxlislarini yaxshi koʻraman, ular doim men tomonda. Ammo agar klub nimanidir oʻzgartirmoqchi boʻlsa... Ular koʻp, koʻp ish qilishlari kerak”, — deydi Ronaldu.

Shuningdek, hujumchi ser Aleks Fergyuson uni “Manchester Siti”ga oʻtishdan qaytarganini aytib berdi

“Manchester Yunayted”ga oʻtganimda qalbim xohlagan narsaga ergashdim, ammo Ser Aleks Fergyuson ketganidan beri klubda hech qanday taraqqiyot kuzatilmadi. Hech narsa oʻzgarmadi. Albatta, u klub oʻziga munosib yoʻldan ketayotganini hammadan ham yaxshi biladi.

“Manchester Siti”dan qiziqish boʻlganida, ser Aleks Fergyuson menga: “Sitiga bora olmaysan, bu mumkin emas”, –dedi. Men esa: “Yaxshi, xoʻjayin”, dedim”, – dedi Ronaldu.

Ronaldu MYU sobiq bosh murabbiyi Ragnik va jamoaning hozirgi ustozi Ten Xag haqida ham fikr bildirdi.

“Rangnik hatto murabbiy ham emas, u qanday qilib “Manchester Yunayted”ni boshqarmoqchi edi? Men u haqida hech qachon eshitmaganman”,

“Ten Xagmi? Men uni hurmat qilmayman, chunki u menga hurmat koʻrsatmaydi. Agar meni hurmat qilmasangiz, men ham xuddi shunday javob beraman”

“Manchester Yunayted”da menga qanday munosabatda boʻlishsa, oʻzimni xiyonat qilgandek his qilyapman. Meni klubda sodir boʻlgan barcha notoʻgʻri ishlarda aybdor qilib qoʻyishganidan gʻazablandim va endi meni faol ravishda chetlatishyapti.

Baʼzilar meni bu yerda boʻlishimni xohlashmaydi. Nafaqat bu yil, balki oʻtgan mavsum ham”, – deb Ronalduning soʻzlarini keltiradi The Sun.

Eslatib oʻtamiz, joriy mavsumda Ronaldu “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlar doirasida 16 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Uning klub bilan shartnomasi 2023-yilning 30-iyuniga qadar moʻljallangan boʻlib, u bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: qoʻyishdi, xiyonatkordek, MENI, aybdor, notoʻgʻri, qilyapman, ishlarda, his, barcha, Ronaldu, Oʻzimni, qilib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz