Главная » 2022 » Октябрь » 7 » Ronaldu faoliyatini Turkiyaning grand klubida davom ettirishi mumkin
19:47

Ronaldu faoliyatini Turkiyaning grand klubida davom ettirishi mumkin


Turkiyaning “Galatasaroy” klubi “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Fotomac” nashri xabar berdi.

Krishtianu Ronaldu avvalroq "Manchester Yunayted"dan ketish niyati borligini maʼlum qilgandi, biroq u o‘ziga mos  klub topa olmadi. 

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli hujumchini "Galatasaroy" klubi o‘z safida ko‘rishni istaydi. Turkiyaning top klubi o‘tgan yozda portugaliyalik hujumchiga qiziqish bildirgan, biroq o‘sha paytda kelishuvni yakunlash imkoni bo‘lmagan. "Arslonlar" kelayotgan qishda ushbu transferga yana bir bor urinib ko‘radi.

Qayd etish kerakki, hujumchi bu mavsumda "Qizil iblislar"ning zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq, Ronaldu yanvar oyida ochiladigan qishki transfer oynasida “Yunayted”ni tark etish haqida o‘ylayotgani haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, “Manchester Yunayted” ustozi Erik ten Xag uning ketishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Maʼlumot uchun, Ronaldu 2021 yilda beri “Yunayted” safida to‘p tepadi. U “qizil iblislar” safida 2003-2008 yillarda ham o‘ynagan. U 2009 yilda “Manchester Yunayted”ni “Real Madrid” bilan almashtirgan edi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: klubida, ettirishi, Turkiyaning, Grand, Ronaldu, davom, faoliyatini, mumkin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя