Главная » 2021 » Август » 27 » Rasman: Srechko Katanets O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi
15:27

Rasman: Srechko Katanets O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi


Bugun, 27 avgusst kuni Srechko Katanetsning O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi bilan shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shartnomaga ko‘ra, sloveniyalik mutaxassis 2025 yilga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Srechko Katanets 1963 yilda Sloveniyaning Lyublyana shahrida tavallud topgan. 1981-1994 yillar davomida “Partizan“, “Shtutgart”, “Sampdoriya” kabi jamoalarda to‘p surgan. Ushbu davr mobaynida sobiq futbolchi A Seriya va Italiya kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, UEFA Chempionlar ligasi va UEFA Kubogi final uchrashuvlarida ishtirok etgan hamda Yevropa Kubok egalari kubogida zafar quchgan.

Murabbiylik faoliyatida esa Makedoniya, Birlashgan Arab Amirligi, Sloveniya va Iroq milliy terma jamoalarini boshqargan. Srechko Katanets tarixda birinchi bor Sloveniya milliy terma jamoasini Jahon va Yevropa chempionatlariga olib chiqqan murabbiy hisoblanadi. 

Shuningdek, endi O‘zbekiston Milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida 5 nafar xorijlik mutaxassis ish olib boradi. Alesh Chex va Vlado Radmanovich yordamchi murabbiy sifatida Srechko Katanetsga ko‘maklashadi. Martin Magister jamoa a’zolarining jismoniy tayyorgarligiga javobgar bo‘ladi. Nihad Peykovich esa darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. Shuningdek, shtabdan fizioterapevt Ian Katanets o‘rin olgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: O‘zbekiston, bosh murabbiyi, rasman, terma jamoasi, Srechko Katanets | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя