Главная » 2023 » Март » 1 » Quduqdagi chaqaloq ilon tufayli qutqarildi
19:21

Quduqdagi chaqaloq ilon tufayli qutqarildi


Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Badayun shahrida er-xotin tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqni ilon tufayli qurigan quduqdan qutqarib oldi. Bu haqda “Times of India” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 50 yoshli Prem Raj va uning rafiqasi 48 yoshli Somvati Devi o‘z fermasida ishlayotganida chaqaloq yig‘layotganini eshitgan. Prem qichqiriqlar eshitilgan olti metrli quduqqa tushgan va bolaning yonida ilon borligini ko‘rgan. Odam paydo bo‘lgandan so‘ng yangi tug‘ilgan chaqaloqni qo‘rqitgan sudraluvchi asta-sekin ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

Hindistonlik bolani quduqdan olib chiqib, politsiyaga xabar bergan. Uning rafiqasi boshqa qishloqdoshlari bilan birga bolani tez yordam mashinasida kasalxonaga kuzatib qo‘ygan. Shifokorlar unga zarur yordam ko‘rsatgan, shundan so‘ng u xususiy shifoxonaga o‘tkazilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Quduq, qutqarildi, tufayli, ilon, Chaqaloq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя