Главная » 2022 » Октябрь » 20 » Qirol Charlz III va malika Diananing nikoh to‘yidagi tort bo‘lagi kimoshdi savdosiga qo‘yiladi
18:00

Qirol Charlz III va malika Diananing nikoh to‘yidagi tort bo‘lagi kimoshdi savdosiga qo‘yiladi


Bundan roppa-rosa 41 yil avval qirol Charlz III va Diana Spenserning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha kungi tadbir “asr to‘yi” deb nomlangan.

Britaniyaning Daily Mail nashri malika Diana va shahzoda Charlzning (hozirgi qirol Charlz III) nikoh marosimidan tort bo‘lagi kimoshdi savdosiga qo‘yilgani haqida xabar berdi. Qirollik saroyining a’zosi Nayjel Riketts shirinlikning kichik qismini saqlab qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, buyum tashqi tomondan deyarli buzilmagan.

Bir parcha shirinlik narxi deyarli 336 dollarni tashkil qiladi. Xaridor asl qadoqdagi tort bo‘lagini va qirol Charlz III ning o‘zidan qo‘lyozma minnatdorchilik xatini oladi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: Charlz, Qirol, to‘yidagi, Tort, savdosiga, Nikoh, VA, Malika, qo‘yiladi, Diananing, kimoshdi, III, bo‘lagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя