Главная » 2021 » Май » 23 » Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 450 kg noma’lum hayvon go‘shti to‘xtatib qolindi
18:28

Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 450 kg noma’lum hayvon go‘shti to‘xtatib qolindi


Qashqadaryo viloyatidan Toshkent shahriga olib ketilayotgan 450 kilogramm miqdoridagi iste’molga yaroqsiz noma’lum hayvon go‘sht to‘xtatib qolinib, yoqib yuborildi. Bu haqda IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21 may kuni Qashqadaryo viloyati IIB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi hamda Koson tumani IIO FMB xodimlari tomonidan Qashqadaryo-Toshkent yo‘nalishida “Arabxona” MFYda yashovchi fuqarolar M.T. va B.R.lar Gentra avtomobilida Koson tumanidan Toshkent shahriga iste’molga yaroqsiz bo‘lgan, suyagidan ajratilgan 450 kg noma’lum hayvon go‘shti olib ketayotgani aniqlanib, to‘xtatilgan.

Ushlangan iste’molga yaroqsiz mahsulot Veterinariya xodimlari bilan hamkorlikda yo‘q qilinib, to‘plangan hujjatlar tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasiga topshirilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: to‘xtatib qolindi, hayvon, Toshkentga, Qashqadaryodan, go‘shti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя