Главная » 2022 » Июль » 23 » Putin Shavkat Mirziyoevni mukofotladi
17:41

Putin Shavkat Mirziyoevni mukofotladi


  Maʼlum qilinishicha, Mirziyoev Rossiya va Oʼzbekiston oʼrtasidagi doʼstlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari uchun taqdirlangan.

  Maʼlumot uchun, Аleksandr Nevskiy ordeni Rossiya imperiyasi, Sovet Ittifoqi va Rossiya Federatsiyasining mukofotlash tizimlarida (maʼlum oʼzgarishlar bilan) mavjud boʼlgan yagona mukofotdir. Rossiya imperiyasida 1725-1917 yillarda Аvliyo Аleksandr Nevskiy ordeni, SSSRda 1942-1991 yillarda Аleksandr Nevskiy ordeni mavjud edi. 1991 yilda Ittifoq qulagach, Rossiya Prezidenti SSSRdagi mukofotlash tizimini saqlab qolgan.

  Аleksandr Nevskiy ordeni bilan davlat xizmatida lavozimlarni egallagan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari davlat qurilishida Vatan oldidagi alohida shaxsiy xizmatlari, koʼp yillik vijdonan xizmati va xizmat vazifalarini bajarishda erishgan yuqori natijalari, Rossiyaning xalqaro nufuzini, mamlakatning mudofaa qobiliyatini va iqtisodiy rivojlanishini mustahkamlashda, fan, taʼlim, madaniyat, sanʼat, sogʼliqni saqlash va boshqa xizmatlari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari iqtisodiyot, ilmiy-tadqiqot, ijtimoiy-madaniy, maʼrifiy va boshqa ijtimoiy foydali faoliyat turlida yuqori shaxsiy yutuqlari uchun mukofotlanadi.

  Аleksandr Nevskiy ordeni bilan harbiy-tibbiyot tashkilotlari harbiy xizmatchilarni sogʼligini saqlash sohasida erishgan yuksak yutuqlari uchun taqdirlanishi mumkin.

  Bundan tashqari, Аleksandr Nevskiy ordeni bilan taniqli xorijiy siyosiy va jamoat arboblari, xorijiy mamlakatlar ishbilarmon doiralari vakillari Rossiya Federatsiyasi bilan koʼp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga koʼrsatgan xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.

  Eslatib oʼtamiz, ertaga, 24 iyul kuni Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 65 yoshni qarshilaydi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Shavkat, mukofotladi, Putin, Mirziyoevni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя